Afandi hokimning mahkamasida o`tirgan edi, bir o`g`rini tutib kelishdi. Hokim o`g`rini tanib baqirdi: — Ablah, qanday benomus o`g`risan? Shu bilan mahkamamga sakkizinchi marta kelishing! Buni eshitib Afandi kulib yubordi. Hokim Afandiga zahrini sochdi. — Nega kulasiz? Afandi javob berdi: — Mahkamangizga bu o`g`ri sakkiz marta kelgan bo`lsa nima qipti, har kuni keladigan o`g`rilar ham bor-ku! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)