Bir qari odam kasal bo`lib yotib qoldi. Yoniga o`g`lini chaqirib, vasiyat qila boshladi: — Bolalarim, jon bor yerda qazo bor. Shuning uchun hozirdan aytib qo`yay, odamlardan olasi-berasilarim bor. Men aytib turaman, sen yozib ol. — Xo`p, dada, aytavering! Qani, oldin kimlardan ola-silaringiz bor, shuni ayting! — Yoz, Eshmatda yuz so`m, Toshmatda yuz so`m, Isavoyda ikki yuz so`m, Musavoyda ikki yuz so`m... — Ha, dadajon, aytavering, tag`in kimlarda bor? Dadasi yana uch-to`rt odamning nomini aytdi. Olasi-larning jami ming so`mcha bor edi. — Bolam, endi qog`ozning narigi tarafini ag`dar. Kimlarga berasilarim bor, shuni yoz. — Qani, ayting-chi. — Ismatxo`ja akaga ming so`m, Rustamxo`ja akaga ming so`m, Eshon akaga ikki ming so`m, Mulla Umarboyga... — E to`xtang, to`xtang, dada, endi ayniy boshladingiz,— deb, o`g`li uning boshini ushlab ko`rdi,— bu gaplar isitmaning haroratiga o`xshaydi. Yota qoling dada... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)