Maktabga yangi o`qituvchi kelibdi. O`quvchilar uning atrofini o`rab olib, o`z maktablari, sinflari haqida beto`xtov gapira ketishibdi. Sinfdoshlar orqa partada o`tirgan o`quvchini ko`rsatib, o`qituvchiga tanishtirishibdi: — Manavi Boltavoy-tentak bo`ladi. Mana unga 500 so`mlik va 1000 so`mlik pulni bersangiz u doim rangi qizil bo`lgani uchun 500 so`mlikni oladi. Bolalar Boltavoyni chaqirib, o`qituvchiga namoyish qilish uchun 500 so`mlik va 1000 so`mlik pul uzatishibdi. Boltavoy haqiqatdan ham 500 so`mlikni tanlabdi. Darslar tugagach, o`qituvchi Boltavoyni kabinetiga chaqiribdi va debdi — Boltavoy, qarasam — matematikani unchalik yaxshi bilmaydiganga o`xshaysan. 1000 so`m 500 so`mdan ikki barobar ko`pligini nahotki bilmasang?! — Albatta bilaman! — Unda nega 500 so`mlikni tanlaysan? — Muallim, agar men 1000 so`mlikni tanlasam, bolalar menga pul bermay qo`yishadi-da! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)