Afandining bir savdogar oshnasi uning tilla uzugiga suqlanib yurar edi. — Afandi,— dedi u bir kuni — men sizni tez-tez ko`rib turmasam sog`inib qolaman. Uzoq safarga ketyapman, qo`lingizdagi uzugingizni bersangiz, taqib olsam, qachon uzukni ko`rsam, sizni ko`rgandek bo`lib yuraman. Afandi uzukni berishga ko`zi qiymay, javob berdi: — Jon birodar, men ham sizni tez-tez ko`rmasam turolmayman, qo`ying, uzuk menda tursin, qachon uzukka ko`zim tushsa: «Do`stim tilaganda bermagan edim» deb sizni eslab yuraman. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)