Bir bangi tolni salqinida pista chaqib o`tirgan ekan, qo`lidan bir dona pista yerga tushib ketibdi. Shunda haligi bangi pistaga qarab: — Ey, yonimga kel, - debdi. Lekin pista joyidan qimirlamabdi. Shunda bangi: — Ey, yonimga kel deyabman, - debdi. Lekin pista joyida turoveribdi. Shundan keyin haligi bangi 5-6 ta pistani yerga sochib: — Hoy, menga anavi pistani ushlab kellaring, - debdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)