Afandi kasal bo`lib tabibga borgan edi, g`oz sho`rva ichishni buyurdi. G`oz sotib olishga qurbi yetmaganidan Afandi yelkasiga kamalakni osib, beliga ikkita nonni tugib, ko`lga g`oz ovlagani bordi. Qarasa, ko`lda g`oz ko`p, biroq u kechgacha urinsa ham, bironta g`oz ovlayolmadi. Nihoyat charchab, och qolib ko`lning suviga non botirib yeya berdi. Shu vaqt bir ovchi kelib: — Ha, Afandi nima qilib o`tiribsiz!—so`radi. — G`oz sho`rva ichayotibman,— javob berdi Afandi. — Go`shti qani, yo`q-ku? — Go`shtini tuzlab patiga o`rab qo`ydim, huv, ana!— deb uchib ketayotgan g`ozlarni ko`rsatdi Afandi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)