— Qahraton qish kuni podsho Afandini chaqirtirib buyurdi: — Yalang`och, qasrning tomiga chiqib, tong otguncha tursangiz ikki yuz tanga mukofot beraman! Afandi shartga rozi bo`lib, shom vaqtida kiyimlarini yechdi-da qasr tomiga chiqib ketdi. Sovuqda qotib qolmaslik uchun u o`zi bilan katta bir toshni olib chiqib, tong otguncha toshni u yoqdan-bu yoqqa yumalatib chiqdi. Podsho va a’yonlar Afandini sovuqda qotib o`lgan deb o`ylagan edilar, Afandi esa, ertalab tomdan sog`-salomat tushib podshoga ta’zim qildi hamda va’da qilingan tangalarning berilishini talab qildi. podsho so`radi: — Mulla Nasriddin, kechasi ko`zingizga o`t ko`rinmadimi? — Tog`ning tepasida yiltillagan o`t ko`rindi,— dedi Afandi. — Shartni buzibsiz, o`sha o`tga isingansiz, shuning uchun sizga tanga berilmaydi!—dedi-da, podsho Afandini haydab chiqardi. Yozda podsho vaziri bilan ovdan qaytishda nihoyatda chanqab, choy ichish uchun Afandining xovlisiga kelishdi. Afandi ular oldiga talqon qo`ydi va dasturxonga qistay boshladi. — Tashnalikdan o`lar holatga keldik, choy qaynatib chiqing,— buyurdi podsho. Afandi «xo`p bo`ladi» dedi-da, uyiga kirib ketib, qaytib chiqmadi. Podsho Afandining orqasidan kirib qarasa, u qumg`onni uzun yog`ochga ilib qo`yib tagidan o`t yoqmoqda. podsho hayron bo`lib so`radi: — Yog`och uchida turgan qumg`on ham yerdan o`t yoqqanda qaynaydimi? Afandi beparvo javob berdi: — Qasr tomida turib, tog`dagi olovga isinsa bo`lar ekan-ku, yerdan yoqilgan o`tga yog`och uchidagi qumg`on qaynamas ekanmi?! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)