Yer osti o`tish yo`lida: folbin lo`li va gitara chaluvchi musiqachi turishibdi. Odam kam, ikkisi ham zerikishmoqda. Lo`li: — Menga qara, yigit, kel fol ochib qo`yaman! — Menda senga beradigan pul ham yo`q... — Men sen uchun tekinga fol ochaman! — Unda mayli... deb gitarachi qo`lini uzatibdi. — Qo`lingdagi chiziqlar taqdiringdagi ikki narsa — yaxshi va yomon holatdan xabar bermoqda. Xo`sh, qaysinisidan boshlay? — Yaxshisidan! — O`lganingdan keyin narigi dunyoda barcha davr va zamonlarning eng yaxshi mashshoqlaridan iborat eng katta simfonik orkestrida dirijyorlik qilasan. — Bunaqasini hayolimga ham keltirmagan ekanman... Yomon yangilinging qanaqa? — Ilk repetitsiya — ertaga belgilangan! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)