Dala shiyponida gurunglashib o`tirgan rais Afandidan so`radi: — Nasriddin, qani, menga ayting-chi, yolg`iz o`zingizga bir shisha aroq bersak, kayfingiz oshadimi? — Yo`q, oshmaydi, - deb javob berdi Afandi. — Ikki shisha aroq ichganingizdan keyin ham dalaga chiqaverasizmi? — Ha, albatta. — Uch shisha aroqdan keyin-chi? — Uchinchi shishadan so`ng borib ishlay olmayman-u, ammo sizga o`xshab rahbarlik qila olaman, - dedi Afandi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)