Sud raisi ayblanuvchidan so`rayapti: — Ayting-chi, voqea qanday sodir bo`ldi? — Xizmat safaridan belgilangan vaqtdan bir kun ilgari keldim, ertalab uyga kirishim bilan ayolimning rangi g`alatiroq ko`rindi. Kutilmaganda oshxona eshigi ochilib yopilganday bo`ldi. Shoshib oshxonaga o`tdim, deraza pardasi shamolda xilpirab turardi, pastga qarasam, mana bu odam bitta ichki ko`ylakda turibdi. Alam ustida unga muzlatgichni olib otdim, ammo mo`ljalni yaxshi ololmabman. Aslida uni o`ldirmoqchi edim. Sud raisi qo`ltiqtayoqdagi jabrlanuvchiga o`girildi: — Ho`sh, siz bu masalada nima deya olasiz? — Har kuni tongda turib, mashq qilaman, ko`p qavatli uyimiz atrofida ikki marta yugurib aylanaman. Bir payt qarasam, uchinchi qavatdan muzlatgich uchib tushyapti, zo`rg`a qochib ulgurdim, oyog`imga tushdi. Sal bo`lmasa boshimga tushib o`lardim. Sud raisi butun tanasi shikastlangan guvohga yuzlandi: — Guvoh, siz nima deya olasiz? — Nima ham derdim, o`sha yerda bo`lsam-da, aslida men bu voqeani ko`rganim yo`q. Chunki men muzlatgich ichida edim. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)