Bir boyvachcha rusning qizi dadasiga: — Dada, men erga tegayapman! — Kimga? — Popga. — Nima aqldan ozdingmi? Popni nima qilasan? — Dada bu sevgi, yuragimga buyruq berolmayman axir — Kechki ovqatga olib kel uni, men bir gaplashib ko`raychi. Kechki ovqatda suhbat boshlanibdi. — Xo`sh kuyov bola, mani qizimni bitta kiyimi 10000$ turadi, har haftada almashtiradi. Qanday olib berasan? — Xudoyim o`zi yordam beradi. — Har haftada bir marta Parijda sochini turmaklatadi, bunichi? — Xudoyim o`zi yordam beradi — Qizim faqat Ferrari minadi, har yarim yilda yangi modelidan oladi, buni nima qilasan? — Xudoyim o`zi yordam beradi. Ovqatdan keyin pop ketibdi. Qizi dadasidan so`rabdi: — Xo`sh dada kuyov sizga yoqdimi? Qanday ekan? — O`ziku toza laqma ekan, lekin meni xudo deb bilayotgani menga yoqdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)