Afandi Podsho bilan ovga ketayotgan edi, oldilaridan quyon chiqib qoldi. — Yuguring Afandim, ushlang quyonni,— buyurdi Podsho. — Afandi otdan sakrab tushib quyonni quvlay ketdi. Quyon tutqich bermay qochib qoldi. Afandi harsillagancha Podshoning yoniga kelib, yelka qisdi. — E, o`zingizam toza noshud ekansiz—da! Shu oldiginangizda turgan quyonni ikki sakrab tutolmay... E shalviramay qoling—e! — O`zingiz o`ylang axir, qorin to`ygazish umididagi quvish bilan jon qutkazish umididagi qochish baravar bo`ladimi?! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)