Bir mahmadona yigit xudoyi vaqtida hukumat siyosati to`g`risidagi bo`lmag`ur gaplari-yu, xalqaro ahvol haqidagi nodonlarcha safsatalari bilan o`tirganlarning miyasini qotirib yuboribdi. Shunda bir mo`ysafid qariya undan so`rabdi: — Kechirasiz o`g`lim. Bir savolim bor edi? — Marhamat, — debdi yigit. — Qo`y ham, sigir ham bir xil yem-xashak yeydi-ku, nega ularning axlati har xil? Yigit o`ylanib qolib: — ....Bilmadim,— debdi. — B...qni ham farqiga bormaysiz-u, siyosatga aralashib nima qilasiz, bo`tam..?!, — debdi chol. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)