Bir kuni podsho Afandidan so`rab qoldi: — Shu odamlarga hayronman-da. Doim bir-birlari bilan janjallashganlari-janjallashgan. Janjal nimadan chiqarkin-a, Afandim? — Odamlar bir-birlariga behosdan «ahmoq bo`lma!» deb yuboradilar. Janjal shundan chiqadi. — Bo`lmagan gap! Shu arzimagan gapdan ham janjal chiqadimi?! — Chiqadi. — Chiqmaydi! — Ahmoq bo`lmang! — dedi Afandi jo`rttaga. — Jallod!— deb qichqirdi podsho azbaroyi jahli chiqib ketganidan. — Ana, aytmadimmi, taqsir, bitta «ahmoq bo`lma»ga janjal tugul, o`lim chiqdiku! Boring bo`lmasa, ahmoq bo`la qoling! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)