Afandi ariq tepasidagi qil ko`prikdan o`tayotgan edi, kavushining bir poyi ariqqa tushib, oqib ketdi. Afandi olish uchun shuncha harakat qildi, bo`lmadi, noiloj: — O`zi ham past mato, tor, oyog`imni g`ajib kelayotgan edi, zab ish bo`ldi-da, oqib ketdi,— dedi. Afandining bu gaplarini eshitgan hamrohi ajablandi: — Attang, bejirimgina, yangi kavush ekan, a! — Yomon dedim, yomon,— dedi tutaqib Afandi,— yaxshi bo`lsa, juftini tashlab ketarmidi! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)