Afandi qorong`i kechada o`rtoqlari bilan oshxo`rlik qilib o`tirgan edi, birdan shamol turib, chiroqni o`chirib qo`ydi. Ulfatlardan biri: — To chiroq yoqilguncha osh yeyish yo`q! Hamma chapak chalib o`tirsin, - dedi. Afandi tizzasini yalang`ochladi-da, uni, bir qo`li bilan shappatilab o`tirib, ikkinchisi bilan osh ustidagi go`shtni paqqos tushirdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)