Yosh yigit ko`chada o`tgan-ketganlar bilan garov o`ynab, pul ishlab turgan ekan. Yoniga bir chol kelib: — Nimadan garov o`ynayapsan? - deb so`rabdi. — Otaxon, mana shu archadan baland sakrasam, siz menga yuz ming berasiz. Sakray olmasam men sizga, - debdi. Otaxon rozi bo`libdi. Yosh yigit abjirlik bilan archani ustidan sakrab o`tib: — Pulni cho`zing, - desa, chol: — Sen "Archadan baland sakrasam" deganding. Archa umuman joyidan qimirlamadi-ku!? O`zing pulni ber, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)