Advokat qamoqxonaga boy mijozning yoniga kelsa, mijoz: — Mana shu chemodanda 1 million dollar bor, nima qilasan men bilmayman, shu pulni berib, sudyani ko`ndirginki, qo`rqib turibman uzoq muddatga qamaydimi deb, olgan puli evaziga menga bir yil qamoq jazo belgilasin, tushundingmi?, - debdi. Advokat o`ylanib chemodanni olib ketibdi. Sud bo`libdi, mijoz kutgandek 1 yil qamoq jazo muddati berilibdi. Mijoz advokatga: — Senga rahmat, sudyani ko`ndirishing rossa qiyin bo`lgan bo`lsa kerak, a?, - desa. Advokat: — Haqiqatdan sudyani ko`ndirish qiyin bo`ldi, chunki u sizni butunlay oqlamoqchi edi, bergan pulingizga bir yilga zo`rg`a ko`ndirdim, - degan ekan Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)