Bir odam xotinini ishxonasidagi ziyofatga olib kelibdi. Bir oz turgach, xotini: — Anavi sochini chiroylik turmaklagan ayol kim?,- deb so`rasa. Eri: — U boshliqning mashuqasi!, - debdi. Xotini yana bir boshqasini ko`rsatib: — Anavi to`lagina ayol kim?, - desa. Eri: — Bosh hisobchimizning mashuqasi, - debdi. Xotini bir chekkada fujerda shampan vinosi ichayotgan ayolni ko`rsatib: — Bu ayol kimning mashuqasi?, deb so`ragan edi. Er: — Bu ayol bo`lim boshlig`ining mashuqasi, - debdi. Xotini ketvorgan bir yosh juvonni ko`rsatib: — Bu kimning mashuqasi, - desa. Er kim bilan gaplashayotgani esida yo`q: — Bu meniki, meni asalim bu!, - debdi. Xotini ham suhbatga o`ta berilib ketganidan: — Dadasi, bizniki hammasidan chiroyli ekan, - dermish Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)