Bir kishi xotini vafodor ekanini tekshirmoqchi bo`libdi. Ishga ketgandek bo`lib, ko`chada berkinib tursa, xotini chiroyli kiyinib, uyidan chiqibdi-yu, bitta mashinaga o`tirib ketibdi. Eri ham bildirmasdan, taksiga o`tirib, sekin o`sha mashina orqasidan ketaveribdi. Xotini borib, bir tungi klubga kirib ketibdi. Boyaga erkak taksichiga: — Og`ayni, anavi kirib ketgan ayol, mening xotinim bo`ladi. Shundoq ichkariga kirgin-da uni olib chiq, istagan pulingni beraman, - debdi. — Gap yo`q, hozir olib chiqaman! - deb kirib ketibdi. Birozdan keyin taksichi bir ayolni qo`lidan ushlab olib chiqib, — Aka, mana buni ushlang! - desa, er: — Esing joyidami? Bu meni xotinim emas-ku! - debdi. — Siz ushlab turing, qo`yib yubormang! Bu mening xotinim. Hozir siznikini olib chiqaman, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)