Institutda kirish imtihoni. Imtihon olayotgan professor savol beribdi: — Qani menga tushuntringchi, elektr motor nega aylanadi? — Elektr quvvati ta’sir etayotgani uchun! — Shu ham javobmi?! Nega unda dazmol aylanmaydi? — Chunki u aylana emas. — Yaxshi.. Nega unda elektr plitka aylanmaydi? U yumaloq-ku?! — Chunki u g`adir-budir. Oyoqchalari ishqalanadi. — Tushunarli... Hm-m... Lampochka-chi?! Elektr lampochkasi! Yumaloq, silliq, oyoqchalari yo`q! Nega lampochka aylanmaydi? — Lampochka aylanadi-ku?! — Qanaqasiga?!! — U kuyib qolganda yangisini qo`yganingizda aylantirib qo`yyasizmi? — To`g`ri... Haqiqatdan ham... Aylantiraman... Ha! Lekin uni men aylantiraman-ku, o`zi aylanmaydi-ku?! — Bilasizmi, bu dunyoda o`z-o`zidan hech narsa aylanmaydi! Ana, elektr motor ham aylanishi uchun elektr quvvati ta’sir etishi kerak! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)