Afandi bir oshnasi bilan o`rik sotib oldi. Sherigi Afandini uyaltirmoqchi bo`ldi-da, o`rik yeb turib o`z danaklarini ham Afandinikiga qo`sha berdi. Oxiri danaklarni ko`rsatib dedi: — Afandi, o`rik yeyishga juda chaqqon ekansiz, birpasda shuncha danak qildingiz? — O`rik yeyishga mendan ham siz usta ekansiz — dedi Afandi,— o`rikni danak-panagi bilan yutar ekansiz. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)