Bir savdogar shahardan mol olib, boshqa shaharga eltib, sotib yurardi. Kunlarning birida mollarini sotib bo`ldi-da, pulini etik qo`njiga tiqib, o`z shahriga jo`nadi. Bundan o`g`rilar xabardor bo`lib, uning payiga tushdilar. Savdogar poyezdga chiquvdi, ular ham ketidan chiqishdi. Kech kirgach, savdogar beparvo uxlab yotaverdi. O`g`rilar sekin u yotgan joyga keldilar-da, «Pul qaysi oyog`ida ekan? O`ngidami, chapidami?» deb, ikkilanib, tavakkaliga bir oyog`ini o`tkir bolta bilan chopib, opqochib ketdilar. Birdan vagonning ichi to`s-to`polon bo`lib ketdi. Yo`lovchilar savdogarning holiga achinardilar. U bo`lsa hadeb «xudoga shukur, xudoga shukur» derdi. — Iye, nimaga shukur qilyapsiz? Axir bir oyog`ingiz... — E qiziq ekansizlar-ku! Pullik oyog`im omon qolibdi-da! Shunga shukur qilyapman... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)