1 odam kurortga dam olishga boribdi. Bir kuni plyajda zagar olib yotsa yoniga bir chiroyli, qomati kelishgan ayol kelib zagar olishga yotibdi. Ayolni yoniga bir odam kelib: — 300$ beraman men bilan dam oling, dyebdi. — Ayol yo`q, deb javob beribdi. Bir ozdan keyin qaytib kelib 500$ beraman debdi. Ayol yana yo`q deb javob beribdi. Yana vaqt o`tgandan keyin kelib 1000$ beraman rozimisiz, deb so`rabdi. Ayol yo`q, hoxlamayman, boshqa kelmang, debdi. Ayolni yonida zagar olib yotgan odam xayron bo`lib ayoldan so`rabdi: — Nimaga rozi bo`lmadiz? 1 soatda 1000$ ishlab olardiz, - desa. Ayol: — Aka siz kim bo`lib ishlaysiz? Erkak: — Traktorist. Ayol: — Mana qarang, siz dam olishga keldiz. Hozir sizga traktorda yer haydab bering deyishsa, nima javob berardiz? Erkak: — Traktorda ishlashdan charchab dam olgani kelganman, ishlagani emas, derdim. Ayol: — Men ham charchab dam olgani kelganman, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)