Afandining yoshlikdan birga o`sgan do`sti bor edi. Yillar o`tib shu do`sti katta mansabga ko`tarildi. Afandi uni amaldorlik lavozimi bilan tabriklash uchun mahkamaga kirib bordi. Do`sti Afandi bilan ko`rishish o`rniga: — Sen kimsan, nima ish bilan kelding!— deb do`q urdi. — Meni tanimaysanmi, yoshlikda yong`oq o`ynab o`sgan do`sting bo`laman. Seni ko`r bo`lib qolibdi deb eshitib, ko`ngil so`ragani keldim,— dedi Afandi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)