Toshkentlik bir opaxon magazindan shifoner olib kelib, uyiga joylashtiribdi. Opaning ko`chasidan tramvay o`tar ekan, tramvay har o`tganda shifonerni eshigi ochilib ketaveribdi. Opaxon xunob bo`lib, qo`shni usta amakini aytib chiqib, tuzatib berishini so`rabdi. Usta sababini bilish uchun shifoner ichiga kirib o`tirsa, aksiga olib opaning eri kelib qolibdi. Yangi shifonerni ko`rib, eshigini ochib qarasa ichida qo`shni amaki o`tiribdi. Shunda er achchig`i chiqib: — Hoy, ablah! Birovning yotoqxonasida, shifonerni ichida nima qilib o`tiribsan?, - desa. Usta: — E, qo`shnijon aytsam baribir ishonmaysiz, tramvay kelishini kutib o`tiribman, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)