Bir odam yangi mashina sotib olibdi va unga xotini: — Hozir yomon odamlar ko`p, mashinani magnitafonini o`g`irlab ketishlari mumkin. Garajimiz yo`q. Nima qilamiz? - debdi. Eri o`ylab, o`ylab chorasini topibdi. Qog`ozga: "Bu mashinada audio magnitafon, uyali telefon, hatto motori ham yo`q", - deb yozib, yopishtirib qo`yibdi. Ertasiga ertalab chiqsa, mashinani oldida odamlar to`planib turgan emish. Borib qarasa yopishtirib ketgan qog`ozi tagida yana 1 ta qog`oz paydo bo`lib qolganmish. U qog`ozni o`qisa: "Audio magnitafon, uyali telefon, hatto motoriyam yo`q mashinaga 4 ta balonni nima keragi bor? - deb, yozib qo`yishgan ekan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)