Afandi bozor aylanib yurib, mevafurushlar rastasiga kirib qoldi, qarasa: o`rik qoqi, turli-tuman mayizlar, pista, bodom, nok, uzum va boshqa mevalar uyulib yotibdi-yu, sotuvchilari qimirlamay o`tirishibdi. Afandi hassasining uchini bir boqqolning ko`zi oldiga olib bordi. Bundan cho`chigan boqqol: — E badbaxt, qanaqa odamsan, ko`zimga tiqib olasan-ku,— dedi. Afandi hamma eshitadigan qilib dedi: — Axir, ko`zlaringiz bor ekan-ku, nega bu mevalardan yemay o`tiribsiz? Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)