Bir odam uzoq vaqt komada yotib, kasalxonada o`ziga kelibdi. Xotini: — Xayriyat-ey, dadasi o`zizga keldizmi, ahvoliz yaxshimi? — Xotin men necha kun yotdim? — Uch kecha-yu, uch kunduz yotdiz. — Shuncha payt oldimdan ketmay yonimda o`tirdingmi-a? — Ha, dadasi boshqa qayerga ham boraman, sizi yonizda o`tirmasam xotin bo`lib nima qilib yuribman?! — Hamma og`ir damlarda yonimda bo`lding, esingdami yaxshigina ishimdan bo`shatishganda ham menga dalda berganding, meni dushmanlarim kaltaklab ketganda ham yonimda turding, biznesim bankrot bo`lganda ham hech qayerga ketmading, sog`ligim yomonlashganda ham uzoqlashmading, bilasanmi hozir men nima haqida o`ylayabman? — Nima haqida dadasi(mag`rur yumshok ovozda)? — Sen yonimda bo`lsang, menga faqat baxtsizlik kelayabdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)