Afandi kompartiya a’zosi bo`libdi. Xotini so`rabdi: — Dadasi, men unchalik tushunmadim. Partiya a’zosi bo`lib nima ish bilan shug`ullanasiz? — Agitatsiya va propaganda ishlari bilan-da! — A, nima u? - tushunmay so`radi xotini. — Hmm, qanday tushuntirsam ekan... Faraz qil, ko`chada bir chiroyli ayol ketyapti. Men borib, unga men bilan birga yurishga da’vat qilsam — bu agitatsiya, agar u ko`nib, menga ergashsa — bu propaganda bo`ladi. Tushundingmi? — Sal tushunmagan joyim bor... Agar men ko`chada ketayotsam, biror notanish erkak kelib, men bilan agitatsiya va propaganda ishlari olib bormoqchi bo`lsa, men nima qilaman?, - deb so`rabdi xotini. Shunda Afandining achchig`i kelib: — Sen yaxshisi siyosatga aralashma, xotin!, - deb javob qilibdi.... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)