Bir kuni podshoh xizmatkorlarini chaqirib debdi: — Sizlarga bir kun muhlat. Agar ertaga gapiradigan qushni topib kelmasanglar, hammangizni jazolayman! Xizmatkorlari nima qilishini bilmay, tuni bilan chora izlashibdi. O`ylab-o`ylab, afandiga murojat qilishibdi. Afandi: — Aslo qayg`urmanglar. Menda chora bor, - debdi. Ertasi kuniga shoh saroyiga katta qora qarg`a bilan afandi kirib kelibdi. Buni ko`rgan xizmatkorlar jonlaridan umidini uzib turishsa, shoh qarg`aga qarab: — Manavi odam karmi? - deb xizmatkorlaridan birini ko`rsatibdi. Shunda qarg`a "Karrr" desa, podshoh quvonib: — Ana bo`larkan-ku! - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)