Bir kishi zoodo`kondan "gapira oladigan" to`tiqush sotib olibdi. Ertasi kuni qaytib kelib: — Kecha sizlardan sotib olgan to`tiqushim gapirmayapti! - debdi. Sotuvchi: — Qo`ng`iroqcha xarid qilib, qafasga osib qo`ying, gapiradi, - debdi. Xaridor qo`ng`iroqchani olib, uyga ketibdi. Ertasiga yana qaytib kelibdi: — Baribir gapirmayapti, - debdi. — Ko`zgu sotib olib, qafas ichiga o`rnatsangiz, gapiradi, - debdi sotuvchi. Xaridor hamma kerakli narsalarni - ko`zgu, arg`imchoq, qo`noq sotib olib, qafas ichiga ilib tashlabdi. Bir haftadan keyin do`konga qaytib kelgan xaridor o`zida yo`q xursand emish. Sotuvchi: — Nima bo`ldi ? - desa, to`tiqush egasi debdi: — Gapirdi! Gapirdi! Sotuvchi: — Nima deb gapirdi? - desa, — Qachon ovqat berasan, qovoqmiya!!! dedi - debdi xaridor quvonib...! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)