Oq qand yangi chiqqan vaqtda Afandi taajjublanib qandfurushdan so`radi: — Aka, bu nima? Rohatijonning qurug`i desam, shinnisi ko`rinmaydi... Qandfurush tushuntirib berdi: — Bu - qumshakarning yirigi, yangi chiqdi. Buni oq qand deyiladi. — Jinday chashna bering-chi? Afandi oq qanddan bir chaqmog`ini og`ziga solib so`rgan edi, huzur qilganidan badanlari yayrab, ko`zlari suzilib ketdi. — Shunday yaxshi narsani sotasizmi,— dedi Afandi yutinib,— uyingizga oborib bola-chaqangiz bilan so`rishmaysizmi?! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)