O`rtoqlarga otkrevenniy xat. Do`stlar, danniy mament rodnoy tilimizga davlat statusi berilgan ukaz chiqqaniga yigirma yetti yildan oshdi. Bu katta srok. Shuncha yil bo`libdi-yu, fakticheski hali ham tilimizga raznob-razniy so`zlarni aralashtirib gapirib, porot bo`layapmiz. Katta bratanlar ham, molodoylar ham chista o`zbek tilida gaplashmayapti. Inostranslar bu turishda ustimizdan tugul, yonboshimizdan ham kulib tashlaydi. Axir bu pozor-ku. Birgina misol, qo`shiqchi zvezdalarimizni olaylik. O`zbekcha kuylaydi, lekin o`zbekchani bilmaydi. Na vsyaki sluchi, hoy barakatopgur to`g`ri talaffuz qilishni o`rganib qo`y, deydigan odam yo`q. Otvetsvennost sust. Vot problema gde? Bu ketishda dedushka, babushkalarimizning so`zlarini polniy unutib yuboramiz, shekilli. E, bo`lmagan gap, mazgini qotirma deyayapsizmi?Vot, naprimer, sizlarga o`zim guvoh bo`lgan bir ikkita-svejiy voqeani aytib beray. Yaqinda bir to`da druglarim bilan stadionga futbol ko`rgani tushdik. Biz balet qiladigan komanda birinchi taymda normalniy o`ynab turuvdi. Ikkinchi taymda suluchayno duxiga o`tirsa bo`ladimi?! Srazi 2 ta gol o`tkazib yubordi. Deystvitelniy bemalol yutsa bo`lardi. Aksiga olib futbolistlar sudya bilan protiv bo`lib qolishdi. Natijada bir o`yinchimiz krasniy kartochka olib maydondan quvildi. Nervim chiqib ketdi. Bir payt qarsam yonimdagilar ruschasiga Pedya (sudyaning ismi shunaqa bo`lsa kerak) men birinchiman deb baqirayapti. Shu yerda ham haqiqat yo`q deb xunobim oshdi. E’tibor bersam, ular refereni arazladi deb o`ylashgan chog`i, avval uning ismini aytib, keyin araz, araz deb baqirishayotgan ekan. Ne mojet bit deyaquloqlarimga ishonmadim. Bo`larkan-ku, yomon gapni ham shunday ifodalasa, malades deya yonimdagikishining yelkasiga qoqib qo`ydim. Notanish kishi menga olayib, «Chort poberi, durak, sudyani so`kyapmiz-ku?», desa bo`ladimi. Keyin bilsam, bolelshiklar baralla so`kinayotgan ekan. Yer, yo`g`e, stadionyorilmadi kirib ketsam. Rosa uyaldim. Kontso kontsov yutqazganimiz undan badtar alam qildi.Shundoq, domimizni yonida shkola bor. Ishga ketayotib, bir to`da molodoylarning bir-biri bilan urushayotganini ko`rib qoldim. Borib ularni ajratmoqchi bo`lsam, razborga aralashma deb baqirishdi. Mushtday xuliganlarning priznavat qilmagani mayli, nuqul allaqanday men tushunmaydigan so`zlar bilan so`kinib, mening o`zimga naezd qilib ketishdi. Ichimda pojar boshlanganday bo`ldi. Grajdanlar, neujilli, sof o`zbekcha gapirishning iloji bo`lmasa?Karochchi, gapni aylantirmay, srazi aytib qo`yay, xullas bu holatlardan vobshe nedavolenman. Bu problemani reshat qilmasak bo`lmaydi. Pomoemu, dastavval problema detsadami, maktabdami, yoki o`zimizdami, buni tochno aniqlash zarur. Ana undan keyin unga srochno chek qo`ysa bo`ladi.Bundan tashqari birinchi ocheredda davayti, bugundan chisto o`zbekcha gapirishni boshlaylik. Spor o`ynayman, nevozmojniy narsaning o`zi yo`q, harakat qilsak eplaymiz. Tak chto, xotya bi haftaning konkretniy bir kunida zarubejniy aralashtirmasdan gaplashsak, otvechayu, maqsadimizga erisha olamiz. Naprimer sredami, chetvergmi, farqi yo`q. Barchamiz uchun udobni kunni tanlasak bo`ldi. Pojalusta, o`sha kuni oilada bolalar bilan, ishxonada sotrudniklar bilan chista o`zbekcha muloqotda bo`lamiz. Kelishdik-a. Poka shu gaplar. Dalshe yana o`ylashib ko`ramiz. Aralash Quralashovning pismosini Inomjon Abdiyev oqqa ko`chirdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)