Ikkita o`qituvchi darsdan keyin restoranga borib o`tirishibdi. Hadeganda ofitsiant kelavermabdi. Shunda o`qituvchilardan biri restoran menejerini chaqirtirib shikoyat ohangida debdi: — Qachondan beri o`tiribmiz. Nega ofitsiantlar bizdan buyurtma olishga kelishmayapti, kelib qarashmayapti? - desa, menejer: — Bizdagi ofitsiantlarni hammasi sizni talabalaringiz ekan. Shunga “Sen qara, sen qara!”, - deb oshxonada berkinib turishibdi, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)