Yosh kelin ertalab oshxonaga chiqibdi-yu, aksira boshlabdi. Birinchi aksirganida kulib: — Bunisi Yanvar, - debdi. Birozdan keyin ikkinchi martta aksirib: — Endi bunisi Fevral, - debdi. Shunaqa qilib, Mart, Aprel, May, Iyun, Iyul, ... Bir payt orqasiga o`girilib qarasa, qaynotasi o`tirgan ekan. Kelin: — Voy, adajon ko`rmabman sizni. Anchadan beri o`tiribsiz? - desa, Qaynotasi: — Yanvardan beri o`tiribman, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)