Ikkita hamkasblar kechki payt ishdan chiqishibdi. Birinchisi debdi: — Bitta iltimosim bor, hozir boshlig`imiz ishdan chiqadi. Sen uni haydovchisisan-ku! Mashina buzilgan deb biroz shu yerda uni ushlab turgin. Bugun boshlig`imizni qizi bilan uchrashmoqchi edim, - debdi. Haydovchi istar-istamas zo`rg`a rozi bo`libdi. Boshliq ishdan chiqib: — Qani ketdik-mi?! - desa, haydovchi: — Mashina negadir o`t olmayapti!? - deb bahona qilib, ancha vaqtgacha ushlab turibdi. Buni sezgan rahbar: — Nega meni aldayapsan? To`g`risini ayt! Aks holda ishdan bo`shataman! - deb baqira ketibdi. Boshqa chorasi qolmagan haydovchi bor gapni aytib beribdi. Shu yerda ishlaydigan do`sti uning qizi bilan uchrashmoqchi ekanini, shunga u mashina buzildi deb, bahona qilganini aytsa, boshliq xoxolab kulib: — Laqma ekansan-ku! Meni umuman qizim yo`q. Undan ko`ra uyingga borib o`zingni qizingdan xabar ol!!! - degan ekan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)