Ayiq, quyon va bo`rini harbiy xizmatga chaqirishibdi. Yo`lda uchchalasi voyenkomatga ketayotgan ekan. Ayiq aytibdi: — Kelinglar, kelishib olaylik! Voyenkomni oldiga kim birinchi kirsa, u savollarni boshqalarga aytadi. Biz ham shu savollarga javob beramiz. Hammani javobi bir xil bo`lsa, bir joyda xizmat qilamiz, - debdi. — Osonroq xizmat - bu qurilish bataloni, - debdi bo`ri. Birinchi bo`lib quyon kiribdi. Qaytib chiqib, shunday debdi: — Voyenkom tankani, samolyotni, mashinani rasmlarini ko`rsatadi. Bilmayman denglar. Keyin shkafni ichidan g`isht olib stolga qo`yadi. Bu g`isht deb aytinglar. Shunda hammamizni qurilish botaloniga yozadi. Birga xizmat qilamiz. Bo`ri kirib-chiqib, — Hammasi joyida, qurilishga, - debdi. Ayiq kirib ketibdi. Ichkarida voyenkom ayiqga savollar beribdi. Rasmlarni ko`rsatibdi. Ayiq bilmasligini aytibdi. Voyenkom endi o`rnidan turib, shkafga qarab ketayotsa, — G`isht bor, g`isht bor!, - deb baqiribdi ayiq. Voyenkom bo`lsa: — Qoyil senga! Seni qobiliyating bor ekan. Sen razvedkaga borasan, - debdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)