Bugun ertalab avtomobilimda ketayotib, katta chorrahada o`rnatilgan kamera meni suratga olganini payqab qoldim. Hayron bo`ldim, nega??? Axir men tezlikni oshirganim yo`q-ku! Yana o`sha chorrahadan 3 martta mashinamni juda sekin haydab, kameraga yuzimni burib, jilmayib o`tdim. U meni 3 martta suratga oldi. Ertasi kuni uyimga 4 ta kvitansiya va meni jilmayib turgan suratlarim keldi. Jarimalarning hammasi xavfsizlik kamarini taqmaganim uchun ekan...! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)