Kunlarning birida afandi eshagini yo`qotib qo`yibdi. Ancha qidirsa ham, topa olmabdi. Oxiri hafsalasi "pir" bo`lib, hiyobondagi o`rindiqda o`tirsa, orqa tarafda ikki sevishgan suhbatlashayotganmish. Yigit qizga: — Seni ko`zlaringga qarasam, butun olamni ko`rgandek bo`laman, - desa, afandi ular tomonga shartta o`girilib: — Qarab ko`r-chi, meni eshagim ko`rinmayaptimi?! - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)