Qaynona har uchta kuyovini sinamoqchi bo`libdi. Birinchi kuyovi darvozadan kirib kelishi bilan, o`zini hovlidagi hovuzga tashlabdi. Katta kuyov darhol qutqarib olibdi. Ertasiga katta kuyovni darvozasi oldida yangi Neksiya mashinasi, uni ustida "Sevimli kuyovimga qaynonasidan" degan yozuv turgan emish. Ertasiga qaynona o`rtancha kuyovini ham huddi shunday sinabdi. O`rtancha kuyovi tongda tashqariga chiqsa, darvozasi oldida yangi Matiz mashinasi, uni ustida "Sevimli kuyovimga qaynonasidan" degan yozuv turgan emish. uchinchi kuni qaynona kenja kuyovini sinash uchun o`zini suvga tashlabdi. Kenja kuyov ichida o`ylabdi: — Katta bojamga Neksiya, ikkinchi bojamga matiz tegdi. Menga eski Tiko yoki shalog`i chiqqan Jiguli tegsa kerak, - debdi-da, qaynonasini qutqarmabdi. Ertasi kuni ertalab ko`chaga chiqsa, darvozasi oldida yangi Kaptiva turgan emish. Ustida "Sevimli kuyovimga qaynotasidan" degan yozuv turganmish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)