Samolyotda uzoq yo`lga chiqqan yo`lovchilar orasida bitta gapdon kishi uchrab qolibdi. Hamma jim ketayotsa, har bitta yo`lovchiga savol berib gapira boshlabdi: — Siz qayerlarda bo`lgansiz? — Amerikada. — Men ham u yerda bo`lganman. Ajoyib yurt... — Siz qayerda bo`lgansiz? — Gavay orollarida. Shunda haligi kishi yana maqtanib ketibdi: — Ha men Gavay orollarida dam olganman, - deb rosa maqtanibdi. Qarasa uchinchi yo`lovchi tomonga burilib, endi gapira boshlagan ekan, u odam ham jahli chiqib: — Men onamni qornida bo`lganman faqat, - desa, gapdon odam: — O, men ham u yerda 9 oy bo`lganman, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)