Yigit bilan qiz uchrashuv belgilashibdi. Yigit qizni rossa kutibdi. Qiz kelmabdi. Oxiri uyiga qaytib ketibdi. Ertasi kuni qiz yigitga qo`ng`iroq qilib, gapi borligini aytibdi. Qiz yigit bilan uchrashibdi-yu, kecha hind kinosi ko`rganini, shuning uchun uchrashuvga kela olmaganini tushuntiribdi. Keyin qiz yigitga: — Biror kafega kiraylik, kinoni gapirib beraman, - debdi. Bir kafega kirib o`tirib, qiz kinoni gapirib bera boshlabdi. Bir yarim soat tinmay gapirib bo`lib: — Mana, kinoni 1-qismi tugadi. Hozir bir suv ichib olay, 2-qismini gapirib beraman, - desa, yigit: — Mayli, faqat kinodagi ashula aytib, raqsga tushgan joylarini o`tkazib yuborgin. Shuncha odam oldida uyalib ketyabman, - degan ekan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)