Afandining birov bir narsa so`rasa, o`sha zahoti bermay, ertasiga beradigan g`alati odati bor edi. Bir kun qo`shnisi: — Bir oshlik tuz berib turing,— dedi. — Tuz yo`q edi-ku,— deb qaytardi-da, ertasiga o`zi olib chiqib berdi. — Iye, bor ekan-ku, nega kecha bera qolmay, bugun o`zingiz olib chiqdingiz? — Beradigan narsamning qadri bilinsin, dedim-da. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)