Universitetni tamomlagan chiroyli, yosh qiz maktabga nemis tilidan dars berish uchun kelibdi. Maktab direktori yosh o`qituvchini tekshirish maqsadida, u dars o`tayotgan xonaga kirib, oxirgi partadagi o`quvchining yoniga joylashibdi. Yosh muallima doskaga nemis tilida jumla yozib, bolalardan so`rabdi: — Qani, kim doskadagi yozuvni tarjima qiladi? Orqa partada, direktorni yonida o`tirgan bola qo`lini ko`tarib: — Bugun uchrashsak bo`ladimi? deb yozilgan ustoz, - desa, o`qituvchini jahli chiqib: — Nima? Voy tarbiyasiz-yey! Narsalaringni yig`ishtir-da, yo`qol!!! Bola narsalarini yig`ishtirib, direktorga qarab, yig`lamsirab debdi: — Nemischani tarjima qilishni bilmaskansiz, nima qilardingiz menga o`rgatib?!... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)