Eronning futbol terma jamoasi murabbiysi sehrli chiroqdan chiqqan jindan so`rabdi: — Qachon meni jamoam jahon chempionatiga chiqadi? Jin: — 2024 yilda, - debdi. Murabbiy yig`lab: — Men u kunlarni ko`rmasam kerak, - debdi. Yaponiya, Koreya, Qatar futbol jamoalarining murabbiylari ham jinning javoblaridan yig`lab: — Biz u kunni ko`ra olmasak kerak, - deb ketishibdi. Oxiri navbat bizning murabbiyga kelibdi: — Qachon meni o`yinchilarim jahon chempionatiga chiqishadi? - desa, Jin yig`lab: — U kunlarni ko`rish menga nasib qilmasa kerak, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)