Taksiga bir otaxon o`tiribdi. Uch ming so`mga kelishishgan ekan, otaxon bitta besh ming so`mlik berib tushibdi. Taksichi ikki ming qaytim beraman desa, otaxon yo`q bo`lib qolibdi.Taksichi qaytimni bera olmaganidan qayg`urib yursa, kunlarning birida yana o`sha otaxonni ko`rib qolibdi. — Men o`sha taksichiman. Qaytimingizni beray desam, yo`q bo`lib qoldingiz. Qayoqqa ketib qoldingiz?, - desa, chol jahl bilan: — Ahmoq ekansan! Mashinani kolodetsni yoniga ham to`xtatasanmi?! Mashinadan to`ppa-to`g`ri kolodetsga tushib ketgandim! - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)