Bir kuni ikkita rus yigit O`zbekistonga kelishibdi. O`zbekcha o`rganamiz deyishibdi. Yo'lda ketishayotsa kichkina bolalar koptok o`ynashayotgan ekan koptok bir qizni boshiga tegibdi. Kim meni urdi desa biz biz deyishibdi. Shu gapni o`rganishibdi. Yana yo'lda ketishayotsa gilamni urib qoqishayotgan ekan. Ulardan ko`tardik, urdik degan so'zni o'rganishibdi. Yo`lini davom etib ketishayotsa bir bola kampirdan pista sotvolayotgan ekan yana ozgina qo`shing degan gapni o`rganishibdi. Ertansiga ko`chada alkash uxlab yotgan ekan militsiya boyagi ikki rus yigitdan so`rabdi. Buni kim o`ldirdi desa biz biz deyishibdi, qanday deb so`rabdi ko`tardik, urdik deyishibdi, sizlarni 3yilga qamayman desa yana ozgina qo`shing deyisharmish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)