Bir yigit mafiya boshlig`ini qizini sevib qolibdi. Bundan xabar topgan otasi xizmatkorlariga yigitni ushlab kelishlarini buyuribdi. — Meni qizimni tinch qo`yasanmi? Yigit: — Men uni sevaman! Otasi: — Darhol bunga qizlarni kiyimini kiydirib, lab-yuzlariga ayollar bo`yoqlarini surtib, mahallasiga tashlab ketinglar! Barzangi xizmatkorlar mashinada olib ketayotishsa, bola yalina boshlabdi: — Yigitlar, iltimos, meni qo`yib yuboringlar. Unday ish qilib, sharmanda qilmanglar, axir men o`g`il bolaman-ku! Keyin mahallada qanday qilib bosh ko`tarib yuraman?! Mashina biroz yurgach, bir barzangini telefoni jiringlabdi: — Labbay xo`jayin! — Qizimni yana bitta oshig`i bor ekan. Yo`l-yo`lakay uni ham qo`shib olinglar! Uni yaxshilab do`pposlab, tanib bo`lmas qilib, kimsasiz joylarga tashlab ketinglar! - debdi qizning otasi. Buni eshitgan oshiq yigit xushyor tortib: — Iltimos akalar, menga qizlarni kiyimini kiydirib, lab-yuzlarimga ayollar bo`yoqlarini surtib, mahallamga tashlab ketasizlar! Tag`in anavi ikkinchi bola bilan adashtirib yubormanglar, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)