Bir yigit pivoxonaga kirib bir bokal pivo ichib: — Qancha berishim kerak? - desa, barmen: — Uch yuz, - debdi. Haligi yigit cho`ntagidan bir hovuch tanga chiqarib, uch yuzini sanab, rastani ustiga sochib tashlab, chiqib ketibdi. Barmen hayron qolaveribdi. Ertasiga o`sha yigit yana kelib bir bokal pivo ichib, debdi: — Pivo haliyam uch yuzmi? — Ha, uch yuz! Yigit cho`ntagiga qarab: — Mayda yo`q ekan. Mana besh yuz! Ikki yuz qaytimini ber! - deb bitta besh yuztalik beribdi. Barmen ham kechagi qasdini olmoqchi bo`lib, ikki yuz tiyinni polga sochib: — Ana qaytimi, terib ol! - debdi. Yigit bir barmenga, bir polda sochilib yotgan tiyinlarga qarab, cho`ntagidan yuz so`mlik tiyin chiqarib, rastani ustiga sochib tashlabdi-da: — Menga yana bir bokal pivo, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)